“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” o‘yini chiptalari sotuvga chiqariladi

  • 26.07.2017 18:49
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Qo‘qon-1912” jamoasi O‘zbekiston kubogi 1/4 final javob o‘yini doirasida, Qarshining “Nasaf”ini qabul qiladi. Bu uchrashuv 28 iyul kuni soat 18:00da Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida start oladi. Dastlabki bahsda imkoniyatni boy bergan qo‘qonliklar javob uchrashuvida vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilishadi. 

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” o‘yini chiptalari ertaga 27 iyul kuni, soat 09:00dan boshlab “Markaziy” stadion kassalarida sotuvga chiqariladi. Chiptalar odatdagidek 5 000 va 10 000 so‘mdan sotiladi.

Eslatib o‘tamiz yillik abonamentlar yuqoridagi uchrashuv uchun haqiqiy hisoblanmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!