“Qo‘qon-1912” Merzlyakov, Melziddinov, Pardaev va Xolmuhammedovni kelganini tasdiqladi
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z safini tajribali futbolchilar bilan to‘ldirishni davom ettirmoqda. Qo‘qonliklarning kechagi mashg‘ulotida mamlakatimizning etakchi o‘yinchilari – O‘zbekistonning turli terma jamoalari safida to‘p tepgan Aleksandr Merzlyakov, Ruslan Meleziddinov, Bahodir Pardaev va Murod Xolmuhammedov ishtirok etishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Merzlyakov, Ruslan Meleziddinov, Bahodir Pardaev o‘tgan mavsumni “Buxoro”jamoasida o‘tkazib, buxoroliklarning chempionatni to‘rtinchi o‘rinda yakunlashida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishgan.
Murod Xolmuhammedov esa o‘tgan mavsumda “So‘g‘diyona” sharafini munosib himoya qilgan.
Shuni ma’lum qilamizki, bu futbolchilar bilan hali shartnomalar imzolanmadi.

Fikrlar