"Qo‘qon-1912" futbolchilari mavsum davomida nechta sariq kartochka olishgan?

  • 13 dekabr, 2017, 09:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati 2017 yilgi mavsum yakunlari xususida ma’lumot berishda davom etmoqda. Bu safar chempionat davomida hakamlar tomonidan ogohlantirish olgan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Jami kartochkalar

Yakuniga etgan mavsumda qo‘qonliklarning hech bir a’zosi bosh hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolanmadi. Lekin 30 ta o‘yin davomida klub vakillari jami 45 ta sariq kartochka olishgan. 

Eng ko‘p ogohlantirilganlar

2017 yilgi mavsum davomida "Qo‘qon-1912" himoyachisi Murod Xolmuhammedov hammadan ko‘p ogohlantirilgan. Tajribali himoyachi hakamlar tomonidan 7 marta sariq kartochka bilan siylangan.

Yana himoyachi Darko Gojkovich hisobida esa 6 ta sariq kartochka bor. Mudofaa chizig‘ining yana bir vakili – Akmal Xolmurodovni esa hakamlar 5 marta ogohlantirishgan.

Kimda nechta sariq kartochka bor:

Murod Xolmuhammedov – 7 ta

Darko Gojkovich – 6 ta

Akmal Xolmurodov – 5 ta

Andrey Sidorov – 4 ta

Filip Rayevats – 4 ta

Doniyor Hasanov* – 4 – (2) ta

Jamshid Hasanov – 2 ta

Suhrob Berdiev – 2 ta

Javohir Sidiqov – 2 ta

Bahodir Akramov – 2 ta

Aleksandr Merzlyakov – 2 ta

Nosir Otaqo‘ziev – 1 ta

Aziz Ashurov – 1 ta

Jalil Kimsanov – 1 ta

Oybek Rustamov – 1 ta

Nikita Ribkin – 1 ta

Avaz Mamatxo‘jaev – 1 ta

Ruslan Melziddinov – 1 ta

Jami: 45 ta

* Doniyor Hasanov ikkita sariq kartochkani “Obod” jamoasi tarkibida olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!