"Qo‘qon-1912" yoshlari nazorat o‘yinida durang o‘ynadi
Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” yoshlari navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida durang o‘ynaydi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farg‘ona viloyati chempioni – “Iftixor” jamoasiga qarshi kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
O‘yinning 17-daqiqasida oltiariqliklar hujumchisi Oyatulloxon Muhiddinov hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqada Baxtiyor Abdubannonov muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa harchand o‘rinmasin, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va o‘yin jangavor durang bilan yakunlandi.
Nazorat uchrashuvi
“Iftixor” – “Qo‘qon-1912” yoshlar – 1:1

Fikrlar