“Qo‘qon-1912”ning ikki vakili yoshlar termasiga chaqirildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Rossiya U-21 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Tomonlar kelishuviga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvda har ikki jamoaning 1996–1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo‘lgan) futbolchilari ishtirok etadi. Kengaytirilgan tarkibdan 32 futbolchi joy oldi.

Ular orasida “Qo‘qon-1912”ning ikki nafar vakili – Javohir Sidiqov va Andrey Sidorovlar ham bor. Bu haqda qo‘qonliklar matbuot xizmati alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!