“Qo‘qon” bugun “Navbahor”ga qarshi o‘ynaydi
Bugun, 18 yanvar kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. “Navbahor”ga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yini Qibraydagi stadionda bo‘ladigan bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv soat 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvardan Toshkentda yig‘in boshlagan vakillarimiz shu kunga qadar ikkita nazorat o‘yinida ishtirok etishdi.
8 yanvar kuni “Paxtakor” (1:2), 14 yanvar kuni “Metallurg” (0:0) jamoalarga qarshi kechgan bahslarning birida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak, bitta uchrashuvda hisob ochilmadi.

Fikrlar