
Qudratillo Abduqahhorov Menni Pakyaoga ancha yaqinlashib oldi
O‘zbekistonlik engilmas professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov (11-0-0, 8 KO) 25 mart kuni Singapurda o‘tkazilgan boks kechasida zimbabvelik Afrika chempioni Charlz Manyuchini birinchi raunddayoq nokaut qilgani haqida xabar bergan edik.
Qudratillo ushbu g‘alabsi evaziga raqibiga tegishli bo‘lgan WBC Silver – kumush kamarini o‘ziniki qilib oldi. Bundan tashqari, o‘zbek bokschisi ajoyib g‘alabasi evaziga jahon reytingida keskin yuqoriladi.
Professional bokschilik faoliyatida ketma-ket o‘n birinchi g‘alabasini nishonlagan Qudratillo Abduqahhorov yarim o‘rta vazn - 66,6 kilogramm vazn toifasida jahonda 23-o‘ringa ko‘tarildi. Ayni paytda o‘z hisobiga 124 ochko yozib qo‘ygan hamyurtimiz 22-qatorda turgan meksikalik mashhur bokschi Migel Vaskes bilan bir xil ballga ega.
Ushbu vazn toifasida jahon reytingini professional boksning eng mashhur yulduzi - filippinlik Menni Pakyao boshqarib turibdi. Kuchli uchlikdan amerikalik charm qzlqop ustalari - Kit Turman va Danni Garsiya ham joy olgan.
Qudratillo Abduqahhorov SPORTS.uz axborot portaliga bergan intervyusida o‘zi orzu qilgan kamar ayni paytda Menni Pakyaoda ekanini va tez orada o‘zi ham eng kuchli bokschilar sirasiga kirishga intilayotganini aytib o‘tgandi.
Fikrlar