Rabo faoliyatini qaerda davom ettirishini ma’lum qildi

  • 06.11.2018 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi xavbeki Adrian Rabo yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi faoliyatini "Liverpul"da davom ettirmoqchi. Rabo aynan Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p surishni xohlamoqda.

Qayd etish lozimki, 24 yoshli futbolchiga shuningdek "Barselona", "Manchester Siti" va "Milan" klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Rabo joriy mavsum 15ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!