Rakitich yozda "Barselona"dan ketmaydi
“Barselona” klubi xavbeki Ivan Rakitichning agenti Arturo Kanales mijozining yozda “Inter”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni mutlaqo inkor etdi.
- Ivan yozda “Barselona”ni tark etishi mumkinmi?
- Yo‘q. Bu imkonsiz narsa.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum kataloniyaliklar safida 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar