Rami: "Lester"dan uchralgan mag‘lubiyatda Nasrining aybi yo‘q

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shu kuni "Lester" o‘z maydonida "Sevilya"ni (2:0) irodali tarzda mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi. O‘yindan so‘ng andalusiyaliklar himoyachisi Adil Rami uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Lester"dan uchralgan mag‘lubiyatda Nasrini aylbash kerak emas. Hozir biz hammamiz uni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Menga bu jamoadagi eng yoqqan jihat shuki bu erda barcha bir oiladek. 

Birinchi marta shunchalik yutishni hoxlagan va futbolchilari bir-birlarini qo‘llab-quvvatlagan jamoani ko‘rdim", - deydi Rami Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, hakam kechagi uchrashuvning 74-daqiqasida "Sevilya" futbolchisi Samir Nasrini maydondan chetlatgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!