Ramos "Real" tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar kuchli beshligiga kirib oldi

  • 18 fevral, 2019, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 7
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos kecha La Liganing 24-turida "Jirona"ga (1:2) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv 32 yoshli futbolchi uchun “qirollik klubi” safidagi 601-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, Ramos shu tariqa Fernando Yerro va Fransisko Xentolarga tenglashib oldi va “Real” tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bu borada Ramosdan Santilyana (645), Manuel Sanchis (710), Iker Kasilyas (725) va Raul Gonzales (741).oldinda xolos.

Ma’lumot uchun, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol urib 1ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Miya
18/02/2019 17:18
Bechora Jirona yaqinda umuman chiqib ketsa kerak!
&
Эльмира
18/02/2019 11:04
Рамос молодец, зор футболчи
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
18/02/2019 10:32
характерини ҳисобга олмаса яхши футболчи
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
18/02/2019 10:32
характерини ҳисобга олмаса яхши футболчи
&
Messi
18/02/2019 10:29
Рамос молодец!
Shavkat Tursunov
18/02/2019 10:28
Bor yog'ri beshlik ekanu... Nimekan depman.
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
18/02/2019 10:13
админлар сарлавҳани чўзиб ўтирмай "Рамос "Реал" тарихида энг кўп ўйин ўтказган футболчилар бешлигига кирди" деб ёзсайла ҳам бўларди!!!