Rasman! "Chelsi" Antonio Konteni ishdan bo‘shatdi

  • 13.07.2018 14:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi hisoblangan Antonio Konteni o‘z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “aristokratlar” 48 yoshli italiyalik mutaxassis bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilishayotgani sabab to‘lanadigan tovon puli borasida ham kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Konte “Chelsi”ni 2016 yil qabul qilib olgan va debyut mavsumning o‘zidayoq premer-ligada g‘olib chiqa olgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda Kontening o‘rnini tez orada hamyurti Mauritsio Sarri egallaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!