Rasman! Frantsiyalik futbolchi "Barselona" safini tark etadi

Kecha frantsiyalik futbolchi jamoa ixtiyoridan ketgan va Kataloniyaga yo‘l olgan. 25 yoshli futbolchi u erda jamoani tark etishi borasidagi so‘nggi jabhalar hal etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Angliyaning "Everton" klubi bosh murabbiyi Marku Silva jamoa Dinga qiziqish bildirayotganligini aytib o‘tgan edi. Bu transferni amalga oshirish "irislar"ga ancha qiyinchilik tug‘dirishi aytilmoqda, biroq ingliz klubi shunday bo‘lsada, urinib ko‘rmoqchi.

Ma’lumot uchun, Din o‘tgan mavsum La Ligada 12 ta bahsda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!