Rasman: Igor Shkvirin “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi davra yakunida Davron Fayziev o‘z arizasiga binoan "So‘g‘diyona"ni rasman tark etgani haqida ma’lum qilgan edik. Ikkinchi davraga Diyor Fayziev jamoani tayyorlayotgan edi. Bugun jamoa rahbariyati Igor Shkvirinni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Igor Shkvirin 1963 yil 29 aprelda tug‘ilgan. Murabbiy sifatida “Qizilqum” va 9 yil davomida “Olmaliq” jamoasini boshqardi. Shu paytgacha Bekobodning “Metallurg” jamoasida selektsioner murabbiy sifatida ish olib borayotgan edi. PRO letsenziyasiga ega.

Bugun Igor Anatolevich jamoa bilan ilk mashg‘ulotni olib bordi. Jamoani “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda aynan ushbu murabbiy boshlab chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!