Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqaradi
O‘zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalar va o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga jalb etilib kelinmoqda.
Jumladan, kecha Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Yaponiya - Qirg‘iziston (4:0) o‘rtoqlik uchrashuvini o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Rasulov yordam berishdi. To‘rtinchi hakam sifatida Ravshan Ermatov harakat qildi.
Shuningdek, Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqarishi ham ma’lum bo‘ldi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Rasulov yordam berishadi. Final o‘yini 25 noyabr kuni «Beytszin Goan» va «Shandun Lunen» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar