Ravshan Haydarov: Yaponiya kuchli raqib, lekin yigitlarimiz bugun chiroyli o‘yin namoyish qilishlariga ishonaman

  • 17.01.2019 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi oldidan O‘FA rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 
 
"Avvalambor, yigitlarimiz keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qilishgani bilan tabriklayman. Minimum vazifa bajarilgani tashqi bosimni kamaytiradi. Keyingi o‘yinlarda futbolchilar yanada kuchliroq o‘yin namoyish qilishlariga yordam beradi. Yaponiyaga qarshi o‘yinda bosim yo‘q bo‘lsa-da, mas’uliyat bor. Futbolchilarimiz g‘oliblik ruhini yo‘qotmaslik uchun ham bu o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilishadi. 

Murabbiylar shtabi futbolchilarimizni Yaponiyaga qarshi o‘yinga to‘g‘ri tayyorlashlariga ishonchim komil. Pley-off o‘yinidan oldin Yaponiyaga qarshi uchrashuv juda ham qo‘l keladi. Bu o‘yinda g‘alaba qozonadigan bo‘lsak, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz yanada ortadi. Futbolchilarimiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib borishmoqda. Albatta, Yaponiya kuchli raqib. Lekin bizning yigitlar bugun chiroyli o‘yin namoyish qilishlariga ishonaman.

Yaponiyaga qarshi o‘yinda terma jamoamizga omad tilab qolaman!" - deydi Haydarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!