Rayan Giggz: Remzi singari futbolchilar ko‘chada qolishmaydi
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz "Arsenal"dagi shogirdi Aaron Remzining boshqa jamoaga o‘tishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Aaron istalgan klubda to‘p surishi mumki, u har qanday chempionatda o‘ynay oladi. U o‘n yildan buyon “Arsenal”da yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. U Uels terma jamoasida ham ulkan tajribaga ega.
Agar u bir mavsumda 40-45ta o‘yinda ishtirok etadigan bo‘lsa, kamida 15ta gol urishi mumkin. Bundaylar ko‘chada qolmaydi. Qolaversa u inson sifatida ham ajoyib xarakterga ega. Shunday ekan u ketsa, qaysidir jamoa yaxshigina futbolchiga erishadi”, - deydi Giggz.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Turinning “Yuventus” klubi Remziga tez orada shartnoma taklif qilishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar