
"Real" 1996 yildan buyon ilk bor bir mavsumda 5 marta yirik hisobda yutqazdi
Xabaringiz bor "Barselona" kecha "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa “qirollik klubi” joriy mavsumdagi 5-yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bundan avval madridliklar TsSKA, "Eybar", "Sevilya" va "Barselona" klublariga 3 va undan ortiq to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berishgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha “Real” bunday holatga 1995/1996 yilgi mavsumdan buyon ilk bor tushdi.
Eslatib o‘tamiz, Santyago Solari shogirdlari ayni damda 48 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar