
“Real” 26 yillik ana’naga chek qo‘yib, “Barselona” bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga rozi bo‘ldi
Ispaniyaning ikki grand klubi “Barselona” va “Real”ga Mayamida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifi yuborildi. Bu uchrashuv mavsumlar oralig‘ida turli qit’alarda o‘tkaziladigan Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Marca nashrining xabar berishicha bu ikkala jamoaning o‘yini Mayamidagi yangi “Xard Rok” stadionini rasman ochib beradi. Tashkilotchilar bu tadbirni amerikacha Super Bowl, ya’ni, haqiqiy sport bayramiga aylantirishmoqchi. Shuningdek tadbir davomida katta gala kontsert va shou dasturlar o‘tkaziladi.
Ta’kidlash kerakki, “qirollik klubi” bu borada o‘z roziligini bergan, endi “Barselona”ning javobi qolmoqda.
Ma’lumot uchun, bir-birlariga ashaddiy raqib bo‘lgan bu ikkala jamoa so‘nggi marta 1991 yilda o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishgan.
Fikrlar