"Real" Azarni sotib olsa, Isko jamoadan ketadi

  • 23 dekabr, 2018, 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga “Manchester Siti”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Iskoning fikricha agar “qirollik klubi” “Chelsi”dan Eden Azarni sotib olsa, uning o‘yin amaliyoti keskin kamayib ketishi mumkin. Shu bois agar belgiyalik futbolchi “Real”ga kelsa u boshqa jamoaga o‘tib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Isko uchun shuningdek Turinning “Yuventus” klubi ham kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!