"Real" Modrichning "Inter"ga o‘tmasligi uchun maoshini ikki barobar oshirishmoqchi

  • 10.08.2018 20:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoaning xorvatiyalik etakchisi Luka Modrichni tarkibda saqlab qolish yo‘llarini izlamoqda.

Ta’kidlash kerakki, Milanning “Inter” klubi 32 yoshli futbolchiga jiddiy takliflar yubormoqda. Unga ko‘ra agar Modrich “neradzurrilar” safiga ko‘chib o‘tsa, yiliga 10 million evro maosh olishi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” Modrichning 6,5 million evrolik  maoshini ikki barobarga oshirib, yiliga 13 million evroga ko‘tarmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!