
"Real" Navas bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Kosta-rikalik darvozabon Keylor Navas “Real” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.
La Nación nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 31 yoshli posbon bilan kelishuvni 2022 yilga qadar uzaytirmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Navasning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra “Real”ning yangi ustozi Xulen Lopetegi Nasavning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. U xatto 2014 yil “Portu”ni boshqarayotgan paytida uni o‘z jamoasida ko‘rishni istagan.
Eslatib o‘tamiz, "Real" tez orada "Chelsi"dan belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuani sotib olishi aytilmoqda. Biroq, Navas shunga qaramay yangi mavsumda jamoada qolib, Kurtua bilan asosiy tarkib uchun raqobatlashmoqchi.
Fikrlar