"Real Sosedad" yangi bosh murabbiyini e’lon qildi

  • 27 dekabr, 2018, 16:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha 26 dekabr kuni "Reala Sosedad" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Aser Garitano bilan shartnomani bekor qilgan edi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra bundan buyon jamoaga Imanol Alguasil ustozlik qiladi. 47 yoshli ispaniyalik mutaxassis klub bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘rtasidagi ushbu kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Real Sosedad” chempionatning o‘tgan 17ta turidan so‘ng 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!