"Real" Xamesni ortga qaytarmoqchi
Madridning "Real" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida amalga oshiradigan 2ta xaridni aniq qildi.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” birinchi navbatda “Bavariya”da ijara asosida to‘p surayotgan kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesni ortga qaytarmoqchi. Bundan tashqari “Real” myunxenliklar forvardi Robert Levandovskini ham sotib olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, imzolangan kelishuvga ko‘ra “Bavariya” Xamesni 42 million evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega. Levandovskining narxi esa 85 million evro deya baholanmoqda.



Fikrlar