"Real" bugun Kataloniyaga safar qiladi

  • 26 avgust, 2018, 11:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Ispaniya La Ligasida 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Hususan, shu kuni “Real” safarda “Jirona” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Quyida ushbu uchrashuvga oid ba’zi qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

- Ushbu jamoalar tarixda o‘zaro faqat 2 marta to‘qnash kelishgan. U ham bo‘lsa o‘tgan mavsumda.

- Kataloniyada o‘tkazilgan uchrashuvda esa 2:1 hisobida “Jirona” g‘alaba qozongan edi. Madridda esa “Real” raqibini 6:3 hisobida engan.

- "Jirona" ilk turda o‘z maydonida "Valyadolid" bilan 0:0 hisobida nursiz durang qayd etgan bo‘lsa, "Real" "Santyago Bernabeu"da "Xetafe"ni 2:0 hisobida engan.

"Jirona" – "Real"

Stadion: "Montilivi"

Boshlanish vaqti: 01:15

Bosh hakam: Xuan Munera

Taxminiy tarkiblar:

"Jirona": Bono, Porro, Espinoza, Munesa, Garsiya, Pons, Granell, Borxa, Portu, Stuani.

"Real": Navas, Karvaxal, Varan, Navas, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos, Isko, Beyl, Benzema.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!