"Real" darvozaboni tez orada jamoani tark etadi

  • 18.07.2018 18:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yaqindagina Ukrainaning “Zarya” klubidan xarid qilgan darvozaboni Andreyo Luninni ijaraga berib yuboradi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha 19 yoshli ukrainalik posbon tez orada Segundada ishtirok etuvchi "Elche" safiga borib qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Lunin uchun “Zarya” klubiga 8,5 mln evro to‘lagan edi. Futbolchining “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!