
"Real" futbolchilari Neymarning "mazasini qochirdi"
"Barselona" murabbiylar shtabi jamoaning braziliyalik hujumchi Neymarga bir necha kun dam olishiga ruxsat berdi.
Braziliyalik superfutbolchi Ispaniya chempionatida "Real"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 87-daqiqasida o‘zini yomon his qilgani uchun zaxiraga olingan edi. Tibbiy ko‘rik natijasida Neymar jarohatga yo‘liqmagan bo‘lsa-da, kuchli zo‘riqish tufayli oyoq paylarida charchash alomatlari borligi aniqlandi. "Real" futbolchilari bilan raqobatda bu omil o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Endi Neymar fizioterapiya yordamda davolanadi va maydonga qachon qaytishini tibbiyot xodimlari aytadi.
Fikrlar