"Real" oyoqda zo‘r o‘ynaydigan darvozabon topdi
"Real" jamoasini yozgi transferlar mavsumida yangi darvozabon olishi haqida ko‘p xabar tarqatilmoqda. Xususan, madridliklar APLning eng zo‘r posbonlari David de Xea va Tibo Kurtuani olib kelishi aytilayotgandi. Lekin "Real" boshqa darvozabonni kutayotgan ekan.
Ayni paytda Portugaliya chempionatida "Benfika" darvozasini qo‘riqlayotgan Ederson Moraes yozda Madridga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. "Benfika" dekabr oyida bu futbolchisini "Manchester Siti" va "Barselona"ga berishdan bosh tortdi.

Moraesning transfer narxi 20 million funtga baholanmoqda. Bu darvozabon oyoqda ham ishonchli o‘yin ko‘rsatishi murabbiylar qiziqishini oshirib yubordi.

Fikrlar