
"Real"ga "Portu"ning 20 yoshli braziliyalik futbolchisi kerak
"Portu" klubi himoyachisi Eder Militao faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
AS tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli braziliyalik futbolchiga “Real” Madriddan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. “Qirollik klubi” buning uchun Portugaliya grandiga 50 mln evro to‘lashga tayyor va ular bu borada Militaoning agenti bilan ham muzokaralarni boshlab yuborishgan. Biroq, “Portu” uni joriy qishki transferlar davrida qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Militao “Portu” safiga o‘tgan yilning yozida “San-Paulu” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum Portugaliya chempionatida jami 14ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar