"Real"ga keraksiz bo‘lgan darvozabonga La Liganing ikki klubi da’vogarlik qilmoqda

  • 11 avgust, 2018, 14:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid darvozaboni Kiko Kasilya La Liganing ikki klubida jiddiy qiziqishlarga sabab bo‘la boshladi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 31 yoshli futbolchi uchun "Sevilya" va "Leganes" jamoalari jiddiy kurash boshlab yuborishgan. Kasilyaning o‘zi esa ko‘proq andalusiyaliklar safida to‘p surish istagini bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Kasilya o‘tgan mavsum “Real” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 18ta to‘p olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Andrey Lunin va Tibo Kurtua kabi darvozabonlarni sotib olgach, Luka Zidan va Kiko Kasilyalarni transferga qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!