Remzi ham Uels terma jamoasi bazasini tark etdi
“Arsenal” xavbeki Aaron Remzi ham Uels terma jamoasi bazasini tark etdi.
Hozircha uning nima sababdan tarkibdan ketgani ma’lum qilinmayapti. Uning o‘rniga esa yoshlar terma jamoasidan Deniel Jeyms tarkibga jalb etildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Garet Beyl ham Uels terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi.
Ma’lumot uchun, Uels ertaga UEFA Millatlar ligasi doirasida Irlandiyaga qarshi bahs yuritadi.
Fikrlar