Remzining qachon "Yuventus"ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 15 yanvar, 2019, 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchi 18 yanvar kuni turinliklar safiga borib qo‘shiladi. Uning yillik maoshi esa 7,5 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Remzi “Yuventus”ga yozda, ya’ni “kanonirlar” bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangach ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Remzi joriy mavsum 19ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!