
Riberi Afinadagi o‘yinda "Bavariya"ga yordam berolmaydi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Frank Riberi Chempionlar ligasining navbatdagi turida AEKga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Gap shundaki 35 yoshli frantsiyalik futbolchi ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan. Klub rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda Riberi umurtqa pog‘onasidagi jarohat sabab Afinadagi o‘yinda ishtirok etolmasligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, AEK – “Bavariya” uchrashuvi 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar