
Rio Ferdinand: Jorjinoning "Chelsi"ga umuman foydasi tegmayapti
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rio Ferdinand "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoni kecha "Arsenal"ga (0:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng jiddiy tanqid ostiga oldi.
“Jorjino o‘yin tempini nazorat qilishi kerak. Ammo, u joriy mavsum nechta golli uzatma oshirdi? U 2 mingdan ortiq uzatma amalga oshirdi, biroq ularning hech biri gol bilan yakunlanmadi. U xatto himoyada ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmaydi. U umuman harakat qilmayapti, himoyada ham, hujumda ham jamoaga hech narsa bermayapti”, - deydi Ferdinand.
Eslatib o‘tamiz, Jorjino “Chelsi” safiga o‘tgan yoz 56 mln evro evaziga “Napoli”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bor yo‘g‘i 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar