Robben: Gollandiya uchun barchasi tamom
Gollandiya terma jamoasi sardori Aren Robben Shvetsiyaga qarshi kechadigan JCh-2018 saralash bahsida 7 gol farqi bilan g‘alaba qozonishga ishonmoqda. Gollandiyaliklar oldingi turda Belorusni 3:1, shvedlar esa Lyuksemburgni 8:0 hisobida tor-mor etdi.
So‘nggi turda esa Gollandiya Shvetsiya bilan kuch sinashadi. O‘tish o‘yini uchun kechadigan qarama-qarshilikda Dik Advokat shogirdlarini faqatgina 7 gol farqi bilan qozoniladigan g‘alaba qanoatlantiradi.
– Barchasi tamom, – deya Robbenning so‘zlarini keltiradi AD nashri. – Yana imkoniyatlarni muhokama qilish mumkin, ammo realist bo‘lish kerak. Biz Shvetsiya bilan o‘yinni yaxshi o‘tkazish uchun barcha narsalarimizni yig‘ishtiryapmiz. Ammo 7:0 hisobida zafar quchish? Bunaqasi mumkin emas.

Fikrlar