Ronaldu – Messi davri tugadi, “Oltin to‘p”ni yangi egasiga bering!

  • 14 iyul, 2018, 10:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”ning sobiq vakili Xorvatiya terma jamoasining Jahon Chempionati finaliga qadar etib kelishida muhim figuraga aylandi va shu sababli bu yilgi “Oltin to‘p” sovriniga haqli ravishda nomzodlar qatoridan joy olishi kerak.

Tecno

Bu yil “Oltin to‘p”ning qo‘shaloq egalari hukmronligiga barham berilishi mumkin. O‘tgan o‘n yillik davomida nufuzli sovrin Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasida bo‘lishib kelindi. Bu yil esa ushbu sovrin yangi egasini topishi aniqroqdek bo‘lib bormoqda.

Messi va Ronaldular Mundialning nimchorak finalidayoq musobaqani tark etishga majbur bo‘lganidan keyin dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan sovrin uchun yangidan yangi nomzodlar chiqib bormoqda.

Ronaldu albatta favoritlar qatoridan joy oladi, boisi u “Real Madrid”ga qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi bosh sovrinini yutib olishiga yordam berdi. Jahon Chempionatida esa Ispaniyaga qarshi xet-trikka erishdi.

ronaldu portugal goal

2017-18-yilgi mavsumda La Liga va “Qirol Kubogi”ni yutganidan keyin Nigeriyaga qarshi ajoyib gol urgan, Frantsiyaga qarshi qiyin uchrashuvda golli uzatmalarni amalga oshirgan Messi ham asosiy favoritlar qatoridan joy olishi aniq.

“Bu Messi va Krishtianu uchun, shunday yozilgan – deydi Belgiya termasi etakchisi Eden Azar Frantsiyaga qarshi uchrashuv oldidan – Riberi barcha sovrinlarni yutgandayam uni (izoh: “Oltin to‘p”) olomaganini juda yaxshi eslayman.”

O‘sha yili (2013) portgaliyalik futbolchi sovringa ega chiqqan edi. Messi esa bu safargi bahsda favorit sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsada, 2018-yil u uchun har tomonlama omadli mavsum bo‘ldi deya olmaymiz.

Chempionlar Ligasi finali qahramoni esa dubl egasi Garet Beyl bo‘lgandi. Portugaliyalik futbolchi final tugul yarim finallarda ham o‘zini ko‘rsata olmagandi.

Messi “Barsa”ning muvaffaqiyatlariga qaramay bu yilgi sovrin ham unga atalmasiligi tayin. U bu imkoniyatni Neymarga qoldirgandi, biroq braziliyaliklar ham turnir bilan ancha erta xayrlashishdi. Boz ustiga “PSJ”dagi ilk mavsumini jarohatlar bilan tugatdi.

Messi va Ronaldularning bunday omadsizliklari boshqalarga o‘yinga kirishga imkon bermoqda. Kevin De Bryuyne Braziliyani dog‘da qoldirishja muhim bo‘ldi, “Manchester Siti” bilan Premer Ligani yutdi. Kilian Mbappe esa Frantsiya bilan Mundial finaligacha etib keldi. Angliya qahramoni Xarri Keyn esa Jahon Chempionatining to‘purari bo‘lib turibdi va o‘tgan mavsumda “Tottenxem” uchun 41 gol urishga erishdi.

keyn

Shunga qaramay, Xorvatiya sardori Luka Modrichchalik bu sovringa arziydigan o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. 32 yoshli futbolchi “Barselona”dagi termadoshi Ivan Rakitich bilan finalgacha etib kelishlariga rahnamolik qildi. Yakshanba kuni Zlatko Dalich shogirdlari Modrich sardorligida bosh sovringa ega chiqish uchun maydonga chiqadi.

4 million aholiga ega Xorvatiya musobaqada ishtirok etayotgan eng kichik mamlakatlardan biri bo‘lib turibdi. 1991-yildagina u mustaqillikka erishgan, xolos. Ularning terma jamoasi esa tarixiy uchrashuv oldida turibdi. Ular finalda ishtirok etish arafasida turibdi.

Modrich Rossiyada o‘tayotgan Jahon Chempionatida ikki gol urishga erishdi. Guruh bosqichida Nigeriya va Argentinaga qarshi ajoyib gollarni kiritgandi.

2012-yilda “Real”ga o‘tganidan keyin Madridda katta o‘zgarishlarga sababchi bo‘lgan Modrich 5 yil ichida to‘rt marta Chempionlar Ligasini yutib oldi. U bu vazifasini Xorvatiya terma jamoasida ham davom ettirmoqda. Aynan uning say’i-harakatlari evaziga Xorvatiya finalga qadar etib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

So‘nggi davrning dohiy yarim himoyachilari Xavi va Andres Inestalar o‘z vaqtida Ronaldu va Messilarning soyasida qolib ketishgandi. Ammo Chempionlar Ligasi bilan birga Jahon Chempionati bosh sovrini Luka Modrichni dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan nufuzli individual sovrin uchun favoritga aylantirishi turgan gap.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!