
Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
Krishtianu Ronaldu haqida barcha turli fikrga ega. Buni ko‘pchilik muxlislik qiladigan jamoasidan kelib chiqib aytishi mumkin. Ammo neytral olib qaraydigan bo‘lsak, Krishtianu – afsonaning o‘zginasi. Bu fikrga qarshilar bo‘lsa, fikrimni isbotlash uchun ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etaman.
>>Ham “Nasaf” ham “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar(Top-6)
>>Aduris TOP-9 likda yoxud “Atletik” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
>>EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
• Ronaldu evrokuboklarda 100 ta gol kiritishni uddalagan ilk futbolchi bo‘ldi;
• Bir kalendar yili bo‘yicha ketma-ket 7 yil La ligada 30 tadan ko‘p gol urgan ilk futbolchi;
• Ispaniya chempionatida faoliyat yuritadigan jamoa safida ketma-ket 6 yil barcha musobaqalarda kamida 50 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan ilk futbolchi;
>>“Lion” – “Beshiktosh” o‘yiniga oid faktlar
• 4 ta Evropa chempionatida gol kiritishga erishgan dastlabki va yagona futbolchi(2004, 2008, 2012, 2016 yilgi Evrolarda gol kiritgan);
•Bir yilda ham EChL, ham Evropa chempionati, ham Klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibi bo‘lgan va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga erishgan yagona futbolchi(2016 yil);
• Umrbod amal qiladigan reklama shartnomasini imzolagan ilk futbolchi(“Nike” bilan). Bu kompaniya Ronalduga yiliga 24 mln AQSh dollari beradi;
• Ijtimoiy tarmoqlarda 200 mln obunachiga ega bo‘lgan ilk inson;
• Birinchi daqiqadan 90-daqiqagacha bo‘lgan vaqtlarda gol kiritishni uddalagan futbolchi;
• EChLda bir mavsumning o‘zida 17 ta to‘p kiritishni uddalagan yagona futbolchi(2013/14 yilgi mavsumda);
• “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purar;
• Ronalduning chempionatdagi keyingi goli uni top-5 chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar qiladi(Jimmi Grivz)ni ortda qoldiradi – 366 ta gol).
• EChLni turli jamoalar bilan qo‘lga kiritgan futbolchi(Messida bunday natija yo‘q).
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar