Ronaldu A Seriyada yana bir rekord o‘rnatdi

  • 27 dekabr, 2018, 16:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor “Yuventus” kecha A Seriyaning 18-turida safarda “Atalanta” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Shu kuni Krishtianu Ronaldu 78-daqiqada gol urib turinliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. E’tiborlisi, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi shu tariqa A Seriyadagi debyut mavsumidayoq qatorasiga 7ta safar o‘yinida gol urishga erishgan ilk futbolchiga aylandi.

U joriy mavsum “Atalanta”dan tashqari shuningdek safarda "Frozinone", "Udineze", "Empoli", "Milan", "Fiorentina" va "Torino" klublari darvozasini ham ishg‘ol etishga erishgan edi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!