Ronaldu: “Yuventus” – bu haqiqiy oila!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubidagi holat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu erda haqiqiy oila bordek va odamlar juda quvnoq.

Birinchi gol? U albatta, bo‘ladi. Bundan xavotirda emasman, – deydi Ronaldu. – Bu muhimi emas. Asosiysi, tayyor bo‘lish. Eng yaxshi sport formasida bo‘lishni istayman. Bu bilan jamoaga yordam berish va sovrinlar yutmoqchiman.

– “Yuventus”da odamlar boshqalardan farq qiladi. Hamma juda yoqimtoy. Bu haqiqiy oila. Shuningdek, muxlislar haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Ularni baxtli qilmoqchiman.

– “A” seriya? Chempionatni televizor orqali ko‘rganman. Shuning uchun uni bilaman, garchi o‘ynamagan bo‘lsam ham. Umid qilamanki, tezda jamoaga moslashib ketaman va mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!