Rossiya JCh-2018 uchun qancha pul sarflaydi?
Xabaringiz bor Rossiya federatsiyasi kelgusi yili sayyoramizning eng yirik musobaqasiga mezbonlik qiladi. Ushbu ulkan turnirga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatning bir nechta shaharlarida yangi stadionlar barpo etildi.
Ta’kidlash kerakki, dastlab musobaqaga jami 619 mlrd 670,5 mln rubl jalb etilishi belgilab qo‘yilgan edi. Biroq, ushbu dastur uchun belgilangan mablag‘larga yana qo‘shimcha 19,1 mlrd rubl jalb etiladigan bo‘ldi. Shulardan 350 mlrd 451,1 mln rubl federal byudjetdan, 92 mlrd 212,2 mln rubl mahalliy byudjetdan va qolgan 196 mlrd 179,3 mln rubl esa yuridik shahslar tomonidan moliyalashtirildi. Demak, Rossiya JCh-2018ni munosib o‘tkazish uchun jami 638 mlrd 842,6 mln rubl mablag‘ sarflaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi mundial mamlakatning 11ta shahridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Ular: Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Ekaterinburg, Samara, Sochi va Rostov-Don.
Avvalroq, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi taqvimini e’lon qilgan edik.

Fikrlar