
Rossiya Premer-Ligasi. “O‘zbek derbisi”da Shomurodov zahirada qoldi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun Rossiya Premer-Ligasi 4-turida “Anji” – “Rostov” qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.
Yaxshi bilasiz, “Anji” safida Vadim Afonin, “Rostov”da esa Eldor Shomurodov faoliyat olib bormoqda. Shu bois, biz ushbu qarama-qarshilikni “o‘zbek derbisi” deb atagan edik.
Har ikkala jamoa murabbiylari ushbu o‘yinda maydonga tushadigan futbolchilar nomini e’lon qildi. Jumladan, Afonin o‘yinni asosiy tarkibda boshlasa, Eldor zahirada qoldirildi.
«Anji»: Solosin, Poluyaxtov, Musalov, Tetrashvili, Fibel, Bryzgalov, Afonin, Xubulov, Markelov, Yakovlev, Mamtov.
Zahira: Budakov, Shleev, Bagaev, Xadartsev, Danchenko, Lipartiya, Iech, Bazelyuk, Dolgov, Leskano.
«Rostov»: Pesyakov, Parshivlyuk, Mevlya, Ustinov, Ingason, Vilyush, Gatskan, Kalachyov, Yusupov, Bayramyan, Dyadyun.
Zahira: Abaev, Goshev, Boben, Kireev, Zuev, Mogilevets, Dumbiya, Maer, Kintero, Ezzatollaxi, Shomurodov.
Fikrlar