
Rossiya terma jamoasining 2019 yildagi raqiblari bilan tanishing
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi 2019 yilda Evropa chempionatining saralash bosqichida ishtirok etadi.
2020 yilda o‘tadigan mazkur bahslarda Stanislav Cherchesova shogirdlari I guruhda Belgiya, Shotlandiya, Kipr, Qozog‘iston va San-Marino terma jamoalariga qarshi kuch sinashadi.
Rossiya termasi ilk o‘yinini 21 mart kuni safarda Belgiyaga qarshi o‘tkazadi. Quyida Rossiya terma jamoasi 2019 yilda o‘tkazadigan o‘yinlar bilan tanishasiz
21 mart, Belgiya — Rossiya
24 mart, Qozog‘iston — Rossiya
8 iyun, Rossiya — San-Marino
11 iyun, Rossiya — Kipr
6 sentyabr, Shotlandiya — Rossiya
9 sentyabr, Rossiya — Qozog‘iston
10 oktyabr, Rossiya — Shotlandiya
13 oktyabr, Kipr — Rossiya
16 noyabr, Rossiya — Belgiya
19 noyabr, San-Marino — Rossiya
Eslatib o‘tamiz, Evro-2020ga o‘z guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan terma jamoalari to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqadilar. Qolgan to‘rtta terma jamoalar esa millatlar Ligasi orqali saralanib, Evropa chempionatiga yo‘l oladi.
Fikrlar