"Rostov" - "Krasnodar" 1:0 (video)
Bugun Rossiya kubogi chorak final bosqichi doirasidan o‘rin olgan "Rostov" hamda "Krasnodar" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
"Rostov-Arena"da kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga Ivelin Popov mualliflik qildi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Eldor Popov tomonidan kiritilgan golga assistentlik qilganligini qo‘shimcha qilish joiz.
Ma’lumot uchun, Krasnodarda kechgan dastlabki qarama-qarshilikda jangovar durang natija qayd etilgan edi - 2:2. Shu tariqa Valeriy Karpin shogirdlari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar