Ro‘ziqul Berdiev:
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur o‘yinni stadiondan kelish uchun “Markaziy” o‘yingohga kelgan muxlislar gol guvohi bo‘lishmadi. Bellashuvdan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ro‘ziqul Berdiev: G‘alabaga erishish uchun hamma imkoniyatlar yarata oldik. O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, uchrashuv yakunida himoyada ajoyib o‘yin ko‘rsatib, qarshi xujumlarda yaxshi harakat qildik. Biroq bahsda nuqta qo‘yishga futbolchilarimizga tajriba etishmadi. Umumiy qilib aytganda, o‘yin natijasidan qoniqmadik. O‘yin rejasi bo‘yicha xujumda harakat qilaolmadik. Yigitlarimiz g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatishti deb ayta olaman.
OChL-2018da oxirgi o‘yinimizni o‘tkazganimiz sababli, jamoamizda toliqish bor. Raqibimizda standart vaziyatlarni hisobga olmasak, "Qo‘qon-1912" jamoasida vaziyatlar bo‘lmadi. Xolmuxammedovning jarima zarbalarini amalga oshirishi, hamda Sidiqovning o‘yinidan xavfsiragan edik, ammo himoyachilarimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. BUgungi kunga kelib ba’zi bir uchrashuvlarda 1 ochkoni ham qo‘lga kiritsaak xursand bo‘lishimiz kerak.
Jasurbek Xasanov: O‘ylashimcha, bugungi bellashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, muxlislarga yoqti deb o‘ylayman. Shuni aytishim kerakki, biz Qo‘qonga g‘alaba uchun kelgandik. Ammo futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin va biz bugun durang natijaga imzo chekdik.

Fikrlar