Rummenigge: "Bavariya" Pavarni sotib olmaydi, bizda himoyachilar etarli

  • 01.08.2018 18:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge jamoa “Shtutgart” himoyachisi Benjamen Pavarni sotib olishni rejalashtirmayotganini aytib o‘tdi.

“Boateng ketsa, Pavarni sotib olamiz? Yo‘q. Bizda Xummels, Zyule, Martines va himoyada o‘ynay oladigan Alaba bor. Qolaversa Lukas May va Kris Richards kabi yosh himoyachilarga ham egamiz”, - deydi Rummenigge.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq myunxenliklar JCh-2018 g‘olibi bilan aloqaga chiqishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!