Sabina Sharipova: Margaritani uchinchi marotaba engishimga ishonaman!

Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Toshkent open – 2018” xalqaro turniri boshlandi.

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tayotgan turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ilk davrada rossiyalik Margarita Gasparyanga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Sabina ushbu o‘yin haqidagi Sports.uz muhbiriga so‘zlab berdi.

– Men bir necha yil oldin Margarita bilan o‘ynaganman. Ilk uchrashuvimiz o‘smirlar o‘rtasidagi "Australian Open" musobaqasida bo‘lgan. Men uni o‘shanda 6:4, 1:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratganman. Ikkinchi uchrashuv Qarshi shahridagi "ITF" musobaqasida bo‘lgan ushbu bahsning har ikkala setida 6:2 hisobida g‘alaba qozonganman. Bu o‘yinlarga ancha bo‘ldi va hozir uning o‘yin uslubi o‘zgargan. To‘g‘ri u kuchli tennischi lekin men uni mag‘lub qilishga bor kuch g‘ayratim bilan xarakat qilaman. Ushbu o‘yinga tayyorman, – deydi Sabina Sharipova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!