Sabina Sharipova asosiy davraga yo‘l oldi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan musobaqaning asosiy to‘riga chiqdi.

Sabina turnirning saralash bahslarida xitoylik Jiaksi Luni 6:0, 6:1, Xu Liu Sunni 6:7, 6:3, 6:2, germaniyalik Sara-Rebekka Sekulichni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa asosiy to‘rga yo‘l olgan S.Sharipova ITF turnirining birinchi davrasida sloveniyalik Dalila Yakupovichga qarshi raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!