Sadio Mane operatsiya qilindi

  • 18.10.2018 10:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" etakchilaridan biri Sadio Mane chap qo‘lidan operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Gap shundaki 26 yoshli senegallik futbolchi terma jamoasi safida barmog‘ini sindirib olgan edi. Mersisaydlik shifokorlar hozircha iqtidorli vingerning qachon safga qaytishi mumkinligini aytishmayapti.

Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum “Liverpul” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!