Saida’lo Rossiya kortlarini zabt etmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Saida’lo Saidkarimov turnirdagi yurishini davom ettirmoqda. Ilk davrada Petr Arxipovni ortda qoldirgan Saida’lo kecha yana bir mezbon tennischisi Filipp Klimovga qarshi kortga chiqdi.

1 soat 23 daqiqa davom etgan o‘yinda Saida’lo 7:5, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi. Unga bu bosqichda rossiyalik Pavel Kotov raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!