
Salah Misr terma jamoasi bilan kelishmovchilik bo‘lmaganini ma’lum qildi
Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salah JCh-2018 plef-off bosqichiga chiqish imkoniyati boy berilgandan so‘ng jamoa bilan kelishmovchilikka borganligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
- Misr terma jamoasi bir oila. Bizning oramizda kelishmovchilik yo‘q. Biz bir-birimizni hurmat qilamiz va aloqalarimiz ajoyib holatda, - deb yozadi Salah.
Egypt Today nashrining yozishicha, Salah Misr futbol vakillari bilan kelishmoqchilikka borganligi sababli Saudiya Arabistoniga qarshi guruh bosqichi so‘nggi turida ishtirok etishdan bosh tortgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Salah Misr futbol assotsiatsiyasi vakillarini Rossiya (1:3) termasidan qabul qilingan mag‘lubiyatda ayblagan. Futbolchi jamoa mehmonxonasiga biznesmenlar, artistlar va shou-biznes yulduzlarining taklif qilinganidan norozi. Shu sabab jamoa o‘yinga tayyorgarlik ko‘ra olmagan. Salah muddatidan oldin turnirni tark etishga qaror qilgan.
Fikrlar